«yer maydonlari» tegli maqolalar


DXX to‘rtta viloyatda noqonuniy yer sotishda gumonlanayotgan mansabdorlarni qo‘lga oldi
15 may 2023, 18:39

DXX to‘rtta viloyatda noqonuniy yer sotishda gumonlanayotgan mansabdorlarni qo‘lga oldi

DXX o‘tkazgan tezkor tadbirlarda Namangan, Jizzax, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan shug‘ullangan mansabdor shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishlari ochildi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonida chigirtkalar tarqalgan
10 iyun 2022, 12:38

Shu vaqtgacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonida chigirtkalar tarqalgan

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi shu kungacha O‘zbekistonning 292,6 ming gektar maydonda chigirtkalar tarqalganini aniqladi. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida 284 ming gektarlik maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi
15 aprel 2022, 11:01

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Hukumat qarori bilan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.

Toshkent viloyatida 4 gektar yerni $800 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
19 mart 2022, 12:43

Toshkent viloyatida 4 gektar yerni $800 mingga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

DXX Toshkent viloyatida 4 gektar yerni 800 ming dollarga sotishga urinib, oldindan 100 ming dollarni olganlikda gumon qilingan ikki fuqaroni ushladi. Namangan va Buxoro viloyatlarida Kosonsoy va Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari xo‘jalikka qarashli yerni fuqarolarga ajratib bermoqchi bo‘lganligi aytilmoqda.

Andijon, Jizzax va Samarqandda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi
27 yanvar 2022, 12:16

Andijon, Jizzax va Samarqandda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Andijondagi MCHJlardan birining rahbari 6 gektar maydonda quriladigan savdo kompleksidagi do‘konlarni o‘z kompaniyasi qurayotganligini ta’kidlab, ulardan 10 tasini sotish uchun fuqarodan 117 ming dollar so‘ragan, undan 60 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga olingan. Samarqandda esa advokat o‘ziga ijaraga berilgan 4 gektar yerni 23 ming dollar evaziga boshqa fuqaroga sotishga uringan. DXX Jizzax va Xorazmda ham noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi.

Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi
15 dekabr 2021, 12:07

Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi

Chiroqchi tumandagi Xo‘ja Abdujabbor qishlog‘ida yer ostidan olov va tutun chiqayotgani haqidagi xabarlarga Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu holat yer ostida qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi natijasida yuzaga kelgan. Holat geologlar yordamida o‘rganilmoqda.

Sirdaryoda fuqaro 20 gektar yerni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
14 dekabr 2021, 16:27

Sirdaryoda fuqaro 20 gektar yerni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Sirdaryoda otasining fermer xo‘jaligi yeridan 5 gektarni va uning atrofidagi hujjatsiz yerdan yana 15 gektarni 70 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyatida «daftar» larda turgan yoshlarga 5531 gektar yer ajratiladi
14 dekabr 2021, 12:27

Toshkent viloyatida «daftar» larda turgan yoshlarga 5531 gektar yer ajratiladi

Toshkent viloyatida «daftar» larda ro‘yxatda turgan 38 mingdan ortiq yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida 15 ta tumandan jami 5531 gektar yer maydoni ajratiladi.

Endi noqonuniy qurilish va yerni o‘zboshimchalik bilan egallash to‘g‘risida telegram-bot orqali xabar berish mumkin
1 iyul 2021, 18:45

Endi noqonuniy qurilish va yerni o‘zboshimchalik bilan egallash to‘g‘risida telegram-bot orqali xabar berish mumkin

Bosh prokuratura tomonidan “YER NAZORATI” telegram-boti ishga tushirildi. Uning yordamida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish hamda yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘ladi.

«Biz yerni haqiqiy egasi — xalqqa berishni boshlaymiz. Bu tarixiy qadam» — prezident
8 iyun 2021, 14:59

«Biz yerni haqiqiy egasi — xalqqa berishni boshlaymiz. Bu tarixiy qadam» — prezident

O‘zbekiston prezidenti aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektorda tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasida, xususan, ishsizlarga yer maydonlarini ajratish orqali yangi ish o‘rinlari sonini 1,5−2 baravarga oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Qorako‘lchilik klasterlariga ozuqa uchun yer maydonlari ajratiladi
10 fevral 2021, 15:45

Qorako‘lchilik klasterlariga ozuqa uchun yer maydonlari ajratiladi

2021 yil 1 martgacha qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish sharti bilan qorako‘lchilik klasterlariga ozuqa uchun yer maydonlari ajratiladi. «Qorako‘lchilik» uyushmasi a’zolariga 3 yil muddatgacha, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan kreditlar taqdim etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting